"Mutua Madrid Open: Bugun final!
Germaniyalik Aleksandr Zverev Madrid shag‘rida o‘tayotgan "Masters" musobaqasida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Aleksandr mazkur musobaqaning yarim finalida kanadalik Denis Shapovalovga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:4, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Aleksandr Zverev "Mutua Madrid Open" turnirining so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar